O'ZBEKISTONDA QUYOSH ENERGIYASIGA ASOSLANGAN YASHIL KRIPTO-MINING: IMKONIYATLAR, IQTISODIY SAMARADORLIK VA MUAMMOLAR
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan tarmog'i hisoblangan kripto-mining faoliyatining ekologik ta'siri, energiya sarfi hamda uni quyosh energiyasi asosida tashkil etish imkoniyatlari yashil iqtisodiyot nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Proof of Work (PoW) konsensus algoritmining energiya taqchilligi va uglerod chiqindilarini oshirishdagi o'rni atroflicha yoritilib, quyosh energiyasi salohiyati yuqori bo'lgan hududlarda (Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog'iston) yashil mining markazlarini tashkil etishning iqtisodiy va ekologik samaradorligi baholanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy bazasi (ILMA/NAPP talablari, Qoraqalpog'istondagi maxsus rejim) va qayta tiklanuvchi energiya loyihalari integratsiyasi tahlil qilinib, mavjud texnik hamda iqtisodiy muammolarga amaliy yechimlar va takliflar ishlab chiqilgan.
Community
0 commentsNo discussion yet
Be the first to share a question or observation.