SUGʻURTA TIZIMI INNOVATSION RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI: XORIJIY VA MILLIY YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu maqolada sugʻurta tizimining innovatsion rivojlanishiga oid nazariy qarashlar tizimlashtirilgan, xorijiy va milliy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilingan hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqotda 2020–2024-yillarda jahon sugʻurta bozorining dinamik va tarkibiy koʻrsatkichlari tahlil qilinib, global sugʻurta mukofotlari hajmining 25,4 foizga oʻsgani koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, sun'iy intellekt (AI), Big Data, InsurTech, IoT, Blockchain va bulutli texnologiyalarning sugʻurta jarayonlariga ta'siri baholanib, sugʻurta tizimining innovatsion rivojlanishini texnologik innovatsiyalar, ma'lumotlar analitikasi, institutsional transformatsiya, innovatsion sugʻurta xizmatlari va iqtisodiy samaradorlik uygʻunligida ifodalovchi nazariy yondashuv taklif etilgan.
Community
0 commentsNo discussion yet
Be the first to share a question or observation.