KRIPTO-AKTIVLAR VOSITASIDA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASH: XALQARO STANDARTLAR VA O'ZBEKISTON QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada kriptovalyuta va boshqa kripto-aktivlar vositasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning O'zbekiston Respublikasidagi huquqiy mexanizmlari xalqaro standartlarga qay darajada muvofiqligi qiyosiy tarzda tadqiq etiladi. Qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, tizimli tahlil va keys-tahlil metodlaridan foydalanilgan holda FATF tavsiyalari, Yevropa Ittifoqi, Singapur va Yaponiya qonunchiligi milliy normalar bilan olti mezon bo'yicha solishtiriladi. Tadqiqot korpusi 21 ta normativ hujjat va xalqaro standartdan iborat bo'lib, 2020-2026-yillardagi beshta sud va tergov ishi ham o'rganiladi. Tadqiqot natijasida olti mezondan ikkitasi bo'yicha milliy qonunchilik xalqaro standartlarga muvofiq, bittasi bo'yicha FATFdan qat'iyroq, uchtasi bo'yicha esa qisman muvofiq deb baholanadi. Qonunchilik provayderlarni litsenziyalash va mijozni tekshirish bo'yicha FATF 15-tavsiyasiga muvofiq, anonim kripto-aktivlar bo'yicha esa undan qat'iyroq ekani ko'rsatiladi. Shu bilan birga, "Travel Rule" qonun darajasida belgilanmagani, uni buzganlik uchun javobgarlik yo'qligi, Jinoyat kodeksining 243-moddasida kripto-aktivlar jinoyat predmeti sifatida ko'rsatilmagani hamda "Travel Rule" bilan shaxsga doir ma'lumotlarni mahalliylashtirish talabi o'rtasidagi nisbat aniqlanmagani ochib beriladi. Xorijiy sud amaliyotida markazlashmagan protokol ishlab chiquvchisining javobgarligi masalasida yagona yondashuv shakllanmagani qayd etiladi. Aniqlangan bo'shliqlar legallashtirish belgilariga ega qilmishlarni faqat Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish xavfini tug'dirishi asoslanadi. Yakunda jinoyat, ma'muriy javobgarlik, shaxsga doir ma'lumotlar va kiberxavfsizlik to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar ilgari suriladi.
Community
0 commentsNo discussion yet
Be the first to share a question or observation.